Avval xabar qilinganidek “Oʻzstandart” agentligi tomonidan sifatsiz, sertifikatlanmagan va qalbaki,  Yevropa Ittifoqi va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqida  xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi va olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot tizimini joriy etildi.

Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan sontrol.standart.uz elektron manzilida tanishishingiz mumkin.

 Quyidagi mahsulotlardan ogoh boʻling!

YORITISH LAMPASI

Ogohlantirish turi: jiddiy xavfga ega mahsulot

Mahsulot nomi: E27 LED Globe Bulb Light Lamp Radar Sensor Ambient PIR Motion 3/5/7/9

Markasi: Nomaʼlum

Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Elektr tok urishi

Tavsifi: Oq rangli LED lampa.Mahsulot onlayn tarzda, xususan Wish.com orqali sotilgan.

Xavf: Lampa obyektivi qopqogʻini hech qanday vositasiz olib tashlash mumkin, bu esa tok oʻtadigan qismlarning ochiq holatda qolishiga olib keladi. Natijada, foydalanuvchi yoki yosh bola ularga tegib, elektr toki urishidan jabr koʻrishi mumkin. Mahsulot past kuchlanishli elektr uskunalari direktivasi va  EN 62560 Yevropa standarti talablariga muvofiq emas.

Oʻrov-idishi: Oq karton quti

 

 

SOCH TURMAGI UCHUN ELEKTR TAROQ

Ogohlantirish turi: jiddiy xavfga ega mahsulot

Mahsulot nomi: Massage Straight Hair Comb

Markasi: Langou

Ishlab chiqaruvchi davlat: Xitoy Xalq Respublikasi

Xavf turi: Kuyish, elektr tok urishi, yongʻin

Tavsifi: Qora, qizil, pushti, binafsha rangli elektr taroq. Mahsulot onlayn tarzda, xususan Wish.com orqali sotilgan.

Xavf: Mahsulotning simlari nozik ulangan va ishlatish jarayonida elektr toki kuchiga chidamasligi va ulangan joyidan uzilishi mumkin. Natijada foydalanuvchi ochiq simlarga tegishi va tok urishidan zarar koʻrish ehtimoli bor. Bundan tashqari mahsulotni ishlatish jarayonida simlari qizib ketib yonishga moyil, bu esa foydalanuvchi tanasi kuyishiga olib kelishi mumkin. Mahsulot past kuchlanishli elektr uskunalari direktivasi va EN 60335 Yevropa standarti talablariga javob bermaydi.

Oʻrov-idishi: Karton quti

Axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan control.standart.uz elektron manzilida batafsil tanishishingiz mumkin.