UzTest markazi Jizzax filiali mutaxassislari tomonidan viloyatdagi 20 ga yaqin eksportyor korxonalarida boʻlib, meva-sabzavotlar, toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shunday uchrashuv “ARNASOY GOLD TEX” korxonasida tashkil etildi. Mazkur korxona tomonidan Qozogʻiston Respublikasiga eksport qilayotgan 13-xil turdagi mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.