Prezidentimiz tomonidan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sifatiga eʼtibor qaratish hamda korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda “Oʻzstandart” agentligiga 24 ta ixtisoslashgan tumanda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchilarni xalqaro sifat talablari va standartlarga oʻrgatish vazifasi qoʻyilgan edi.

Berilgan vazifaning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari mutaxassislari viloyatning qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Paxtachi tumanida boʻlib, ishlab chiqaruvchi korxonalarga xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish, ularning sifati hamda raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.