“Tashkent Tobacco” masʼuliyati cheklangan jamiyati Cerulen SM450 tamaki mahsuloti tarkibidagi nikotin miqdorini aniqlaydigan uskunasini “UzTest” markaziga topshirdi.

Bu Markaziy Osiyodagi birinchi ushbu turdagi uskuna boʻlib, uning yordamida tamaki va nikotin mahsulotlarining “Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamenti”ga va Oʻzbekiston Respublikasi “Tarkibida nikotin mavjud mahsulotlar va qizdirilgan tamaki mahsulotlar standarti”ga muvofiq hisoblandi.

Tarkibida nikotin mavjud va tamaki mahsulotlarini mustaqil ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi uchun ham, boshqa mamlakatlar uchun ham sertifikatlash bazasini kengaytiradi, shuningdek, tarkibida tamaki boʻlgan mahsulotlarni oʻrganish boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar va importchilar endilikda muvofiqlik sertifikatlarini olish uchun “UzTest” markaziga murojaat qilishlari mumkin.

- Zamonaviy asbob-uskunalarni taqdim etish - bu mamlakatimiz ilmiy-texnik va sertifikatlashtirish bazasini rivojlantirishga qoʻshgan hissamiz va sarmoyamizdir, bu yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshirildi. Shuningdek, bu yuqori sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni olishi kerak boʻlgan mijozlar oldidagi kompaniyaning korporativ javobgarligining bir qismidir. Ushbu uskuna yordamida noqonuniy va qalbaki mahsulotlarning mahalliy bozorda sotilishiga qarshi kurashda yordam beradi - deydi “Tashkent Tobacco” MCHJ vakili A.Gadjiyev.

Uchrashuv soʻngida har ikki tashkilot oʻrtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolandi.