Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bevosita ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini chet davlatlarga eksport qilishi bilan bogʻliq. Shu jihatdan "UzTest" davlat muassasasi Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi хodimlari tomonidan hududlardagi yirik eksportyor korxonalarni o’rganish ishlari davom etmoqda.

 Jumladan, Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan "BUMFA GROUP ASIA" hamda Ohangaron shahrida faoliyat yurituvchi "LIMAX GOLD TEXTILE" korxonalarida ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish, xalqaro standartlarning ahamiyati va afzalliklari boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, korxonalarga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan zarur konsultativ xizmatlar koʻrsatildi.