Unda Agentlik rahbariyati va tizim-tashkilotlari masʼullari ishtirok etdilar. Yigʻilishda sohaga oid  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash, milliy mahsulotlarimiz sifatini oshirishda xalqaro standartlarni keng joriy etish, sanoat korxonalari bilan tizimli ishni tashkil etish, ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish muhimimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni hamda  Prezidentimizning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”  qaroriga asosan agentlik va tizim tashkilotlarida ijro intizomini sifatli yuritish lozimligi aytib oʻtildi.

Buning uchun har bir masʼul rahbar va xodimlar tomonidan mehnat va ijro intizomi talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish,   tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi topshiriqlarining bajarilishi, murojaatlarning qonunchilik asosida koʻrib chiqilishi, ijrosi sifatli va oʻz muddatida taʼminlanishi zarurligiga eʼtibor qaratildi.