Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi  “Standartlashtirish sohasida amalra oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish chora-talbirlari toʻgʻrisida” gi videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligiga korxona va tashkilotlarning mutaxassislarin oʻqitish topshirigʻi berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalari mutaxassislarini xalqaro standart talablari boʻyicha oʻqitish tashkil etildi.

Unga koʻra, Agentlikning Qoraqalpogʻiston hududiy filiallari tomonidan shahar va tumanlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalari hamda mahalliy eksportyor korxonalar vakillariga xalqaro standartlar talablari boʻyicha oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda.

Oʻquv kursida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, oʻz mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirayotgan korxonalarga koʻrsatilayotgan amaliy koʻmak, mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish va metrologiya milliy tizimini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida kator ishlar olib borilayotganligi toʻgʻrisida maruzalar qilindi.