Mamlakatimizning Erondagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,  Eron Milliy  standartlashtirish tashkiloti  (INSO) oʻrtasida onlayn-muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash boʻyicha uzoq muddatli hamkorlik mexanizmni yaratish va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti  (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) va Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) doirasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv natijasiga koʻra,  xalqaro huquq normalariga asoslanib soha yoʻnalishida yangi anglashuv memorandum loyihasi ishlab chiqishga kelishib olindi.