O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Jomboy tumanida joylashgan qurilish mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “Ceramic bricks” MCHJ QKda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, korxona vakillari bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Shuningdek, korxona vakillarini qiziqtirgan sohaga doir qonunchilik bo‘yicha keng tushunchalar berildi.