Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda hayotimiz qomusining mazmun mohiyati va unda belgilab berilgan huquq va majburiyatlar yuzasidan ma’lumot berildi.    Ma’rifiy uchrashuvda Agentlik  bosh yuriskonsulti G’ofurjon Aliyev va Sog‘liqni saqlash vazirligi, tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti bo‘lim boshlig‘i Sevara Ubaydullayeva ishtirok etib, yangi  tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasiga yangi chop etilan Konstitutsiya kitobi topshirildi.