MChJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgazildi

Joriy yilning 3 aprel kuni MChJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK qoshidagi Sinov laboratoriyalari majmuasining “To‘qimachilik laboratoriyasi”, “TURK AK” akkreditatsiya idorasi tomonidan TS EN ISO 17025-2012 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” bo‘yicha birinchi inspeksiya nazorati muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tasdiqlangan rejaga asosan, to‘qimachilik laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan xalqaro me’yoriy xujjatning sinov metodlari asosida sinovlar o‘tkazildi.

TURKAK Yevropa tashkiloti akkreditatsiya-EA ga, xalqaro akkreditatsiya forumi-IAF va akkreditatsiya laboratoriyalari nazorati inspeksiya tashkiloti idoralari –ILAC, xamda o‘zaro bitim va xamkorlik MLA-ga a’zodir. Bu esa MChJ «O'zbek-TurkTestMarkazi» QK ning sinov laboratoriyasi majmuasining mustaqilligiga va xolisligini ta’minlab, MChJ«O'zbek-TurkTestMarkazi» QK tomonidan rasmiylashtirilayotgan sinov bayonomalari natijalari nafaqat ichki bozorlarda balki jahon bozorlarida tan olinishi imkoni bermoqda