«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  • -O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  • -texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi;
  • -texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
  • -umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:

  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
  • -davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o’z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
  • -umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tuzadi;
  • -davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni o’z vakolati doirasida ekspertizadan o’tkazadi;
  • -o’z vakolati doirasida: xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
  • -umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan o’z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va sog’lig’i uchun zararli bo’lgan moddalar, kasallik tug’diruvchi organizmlarning mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot uchun mo’ljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda qo’llash bo’yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi shaharsozlik faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tabiiy resurslardan foydalanishda hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi.

Ushbu  texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o’z vakolati doirasida:

  • -texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
  • -umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda ularni ekspertizadan o’tkazadi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi;
  • -davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o’tkazadi;
  • -umumiy texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
  • -maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi;
  • -umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari o’z vakolatlari doirasida:

  • -texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari yuzasidan O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi;
  • -umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
  • -umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarini tuzadi;
  • -texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
  • -umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
  • -Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
  • -Davlat boshqaruvi organlari o’z vakolatlari doirasida maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi.