Gaz ballonlarni qo‘rilmasini sinash bo‘yicha yangi sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi.
Sarf va bosim o‘lchashlardagi yangiliklar
“O‘zstandart” agentligi “Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasining sarf va bosim o‘lchashlar bo‘limining moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda.
Avtomobilga o‘rnatilgan gaz balonini kim sinovdan o‘tkazishga xaqli?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamenti qabul qilingan.
O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik istiqbollari.
Jizzax insdustrial erkin hududida joylashgan Sirdaryo filialida hozirgi kunda “Peng Sheng” MChJ QK- keramik plitkalar, “Pengzhong Xingsheng” MChJ QK- uyali aloqa vositalari, “Peng Sheng Casing” MChJ QK - katta va mayda shoxli hayvonlarning ichki a’zolarini qayta ishlash, “Peng Sheng Feed” MChJ QK-uy hayvonlari uchun ozuqa, “Peng Sheng Shoes” MChJ ChEK - poyafzal mahsulotlari, “Peng Sheng Charm” MChJ ChEK - teri mahsulotlarini qayta ishlash, “AWP” MChJ KK – santexnika mahsulotlari, “Sirdarya Ceramic Production” MChJ ChEK - keramik plitkalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etildi.
Standartlashtirish va metrologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2015 yil 7 dekabrdagi 01-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2016 yilda tadbirkorlik sub’ektlarida standart talablari, ulchovlar yagonaligini ta’minlash va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan 10ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda davlat nazorati tekshiruvlari belgilangan tartibda o‘tkazildi, o‘tkaziladigan tekshirishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonun talabi buzilganligi aniqlandi va ma’sullarga nisbatan 10ta ma’muriy jarimalar 1751725 so‘m miqdorida qo‘llanildi va belgilangan tartibda undirib olindi.
Sirdaryo viloyati tadbirkorlariga yana bir qulaylik
Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi O’z Dst ISO/IEC 17025:2007 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga quyiladigan umumiy talablar”iga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yildagi 292-sonli metrologik xizmatlar va muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini inspeksiya nazorat qilish va akkreditatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq deb topilib, akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Natijada 9 turdagi yangi qiyoslash usullari o’zlashtirildi.
“Halol” standartlari talablari asosida sertifikatlashtirish
“Halol” sertifikatlashtirish -xom-ashyo, qo‘shimchalar, ziravorlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish ob’ektlari (sex), ishlab chiqarish vositalari (jixozlar), biznesni boshqarish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “Halol” standarti talablariga muvofiqligini uchinchi taraf (betaraf) tomonidan tasdiqlashga oid faoliyat hisoblanadi.