“Shahar yo‘lovchi transporti xizmatlarini sertifikatsiyalash qoidalari” o‘z kuchini yo‘qotdi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2016 yil 11 yanvardagi “Shahar yo‘lovchi transporti xizmatlarini sertifikatsiyalash qoidalari, shuningdek, ularga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘risida”gi qarori ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 13 yanvardagi 950-2 – sonli).
Mintaqaviy xamkorlik – Ilmiy-texnik komissiya va MGS ishchi guruhlarining yig‘ilishi
2016 yil 26 – 28 aprelga qadar Moskva shahrida texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha Federal agentlik bazasida (Rosstandart) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashning standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida axborot texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha Ishchi guruhning 34-kengashi va standartlashtirish bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning 51 kengashi bo‘lib o‘tdi.
Davlatlararo standart loyiasini muhokamasi
391 - sonli Davlatlararo texnik qo‘mita mutahassislari tomonidan GOST “Zamki seyfovыe. Trebovaniya i metodы ispыtaniy na ustoychivost k nesanksionirovannomu otkrыvaniyu” davlatlararo standartining loyihasi tayyorlangan.
Iste’molchilar diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 avgustdagi 373-sonli” “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq suv, gaz va elektr hisoblagichlarini qiyoslash vazifalari “O‘zstandart” agentligiga, uning hududiy markazlariga hamda “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasiga yuklatilgan.
O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik istiqbollari.
Jizzax insdustrial erkin hududida joylashgan Sirdaryo filialida hozirgi kunda “Peng Sheng” MChJ QK- keramik plitkalar, “Pengzhong Xingsheng” MChJ QK- uyali aloqa vositalari, “Peng Sheng Casing” MChJ QK - katta va mayda shoxli hayvonlarning ichki a’zolarini qayta ishlash, “Peng Sheng Feed” MChJ QK-uy hayvonlari uchun ozuqa, “Peng Sheng Shoes” MChJ ChEK - poyafzal mahsulotlari, “Peng Sheng Charm” MChJ ChEK - teri mahsulotlarini qayta ishlash, “AWP” MChJ KK – santexnika mahsulotlari, “Sirdarya Ceramic Production” MChJ ChEK - keramik plitkalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda 503 ta chet el kapitali ishtirokidagi yangi korxonalar ro‘yxatga olindi
Ushbu korxonalarning 351 tasi Toshkent shahriga, 48 tasi Toshkent, 19 tasi Samarqand, 18 tasi Andijon, 14 tasi Farg‘ona, 9 tasi Buxoro, 9 tasi Sirdaryo, 7 tasi Surxondaryo, 5 tasi Xorazm viloyatlariga va 10 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatga olingan yangi korxonalarning 102 tasi Rossiya Federatsiyasi, 95 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 55 tasi Koreya Respublikasi, 35 tasi Buyuk Britaniya, 33 tasi Qozog‘iston Respublikasi, 31 tasi Turkiya Respublikasi, 21 tasi Hindiston Respublikasi, 14 tasi Eron Islom Respublikasi va 10 tasi Ozarbayjon Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etildi.
2 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qilindi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Baxmal export” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan yili Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklariga 14 turdagi 2 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qildi. Joriy yilda Hindiston va Vetnam tadbirkorlari bilan ham shartnomalar tuzib, eksport geografiyasini yanada kengaytirdi.
Sifat menejment tizimi va uning afzalliklari
“Biz, avvalo, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini ¬tarkibiy jihatdan o‘zgartirish ¬bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport ¬salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim”
Elektromagnit mos keluvchanlik nima?
Zamonaviy jamiyatning ko‘rsatkichlaridan biri elektr, elektron va radioelektron jihozlarning ko‘pligidir. Ko‘plab elektrotexnik va elektron priborlar (mikroto‘lqinli pechlar, sovutgichlar, isitish qurilmalari, chang yutgich va h.k.) kundalik turmushimizda ishlatadigan jihozlarga aylangan. Bu jihozlarsiz zamonaviy inson hayotini deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Standartlashtirish va metrologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2015 yil 7 dekabrdagi 01-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2016 yilda tadbirkorlik sub’ektlarida standart talablari, ulchovlar yagonaligini ta’minlash va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan 10ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda davlat nazorati tekshiruvlari belgilangan tartibda o‘tkazildi, o‘tkaziladigan tekshirishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonun talabi buzilganligi aniqlandi va ma’sullarga nisbatan 10ta ma’muriy jarimalar 1751725 so‘m miqdorida qo‘llanildi va belgilangan tartibda undirib olindi.