Andijon Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan viloyat hududida joylashgan bir qator yirik bojxona omborlarida, xususan, Andijon “Madaniy xo‘jalik mollari” bazasi hududidagi 9-son bojxona posti, Andijon “Temiryo‘l vokzali” hududidagi 2-son bojxona posti hamda Asaka shahridagi 03015-sonli Asaka bojxona postlarida “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK qoshidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasining bir qancha shahobchalari o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi tashkil etilgan shaxobchalarga markaz faoliyatini va sertifikatlashtirish ishlariga oid bo‘lgan barcha zaruriy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda markaz qoshidagi “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi tomonidan eksportyor korxonalarga amaliy yordam sifatida sohaga oid ko‘rsatiladigan BEPUL konsultativ xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan banerlar tayyorlanib joylashtirildi.

Ushbu shahobchalariga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan hududdagi eksportyor korxonalarga “O‘zstandart” agentligining sohalariga oid barcha muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha tegishli amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularga sohalar bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilishi ta’minlanmoqda.