Har yili Butun jahonda 20 may metrologiya kuni sifatida keng nishollab kelinadi. Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining tashabbusi bilan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Yig‘ilishni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari J.Shukurov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda metrologiya sohasida olib borilayotgan izchil islohotlarning ko‘lamiga alohida to‘xtalib, konferensiya ishtirokchilariga mavzu yuzasidan batavfsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng kun taribi yuzasidan ma’ruzalarga navbat berildi.
Konferensiya o‘tkazish sanasi har yili butun dunyoda xalqaro hukumatlararo metrologiya tashkilotlari – Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV) va Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (MOZM) rahbarligida nishonlanadigan 20 may Butun jahon metrologiya kuniga mo‘ljallangan.
Joriy yilda Butun jahon metrologiya kuni “Xalqaro o‘lchamlar tizimining doimiy evolyutsiyasi” shiori ostida nishonlanmoqd.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rniliki, 60 yilga yaqin mavjud bo‘lgan davrda Xalqaro o‘lchamlar tizimi (umumiy qabul qilingan belgisi – SI) o‘z asosliligini va turli faoliyat sohalarida qo‘llanishga yaroqliligini ko‘rsatib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida asosiy o‘lchamlar tizimi sifatida qo‘llanadi.
SI statik tizim emas. U hamma vaqt rivojlanadi va takomillashadi. 2018 yil Butun jahon metrologiya kunining, Italiya milliy metrologiya instituti tomonidan taklif etilgan shiorini shakllantirishda SI rivojlanishini tavsiflash uchun, sifat jihatdan o‘zgarishga tayyorlaydigan sekin asta uzluksiz miqdor jihatdan o‘zgarish jarayonini aks ettiradigan “evolyutsiya” tushunchasi tanlangani ham tasodif emas, chunki shu yilning noyabr oyida SI asosining o‘zi sifat jihatdan shiddatli o‘zgarishi kutilmoqda. Navbatdagi XXVI-chi O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasida o‘lchamlar tizimining asosiy yettita birligidan to‘rttasining qayta ta’riflari tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda.
Fizik konstantalarning qaydlangan qiymatlaridan foydalanadigan kilogramm, amper, kelvin va mol kabi muhim o‘lchamlarning yangi ta’riflari fundamental tabiat qonunlariga asoslanadi va nafaqat o‘lchamlar qayta tiklanishini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishga, balki tegishli sohalarda o‘lchashlar aniqligini oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, fundamental fizik konstantalarning qaydlangan qiymatlarining tasdiqlanishi SI asosiy o‘lchamlarining o‘ta yuqori aniqlik darajasida qayta tiklanishini detsentralizatsiya qilishga imkon beradi. Xususan, masalan, massa o‘lchami kilogramm nafaqat Parij yaqinidagi Sevrda joylashgan MBMVda, balki tegishli texnik imkoniyatlar mavjudligida dunyoning istalgan nuqtasida o‘ta yuqori aniqlik darajasi bilan qayta tiklanishi mumkin.
Muntazam ravishda mayning uchinchi dekadasida “O‘zstandart” agentligi tomonidan ilmiy amaliy metrologiya konferensiyasi o‘tkazilishi allaqachon an’anaga aylangan. Metrologiya va metrologik faoliyatning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan bunday konferensiyalar 2002 yildan buyon ikki yilda bir marta davriylik bilan o‘tkazilib, doimo O‘zbekiston va yaqin xorij mamlakatlari mutaxassislarining e’tiborini tortadi.
Konferensiya ishtirokchilari “O‘zstandart” agentligi va tarkibiy bo‘linmalari yetakchi metrolog-mutaxassislarining ma’ruzalari bo‘yicha mamlakatimizda o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning holati va shu faoliyatni rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari bilan tanishib, metrologiya sohasidagi yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qoidalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
“Metrologiya – 2018” konferensiyada Toshkent Davlat Texnik Universitet hamda Andijon Davlat Universiteti, Mudofaa vazirligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Davarxitekqurilish va Navoiy mashinasozlik zavodi, “UNICON.UZ” DUK va “Paxta ilmiy markazi”ning mutaxassislari ham o‘z ma’ruzalarini taqdim etadilar.
E’tiborli tomoni shundaki, “Metrologiya – 2018” konferensiya ishtirokchilari “O‘zstandart” agentligi majlislar zalining foyesida “O‘zMMI” DKda qo‘llaniladigan o‘lchash texnikasining yangi namunalari ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar.