“O’zstandart” agentligi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaruvchilarni, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan agentlikning Samarqand hududiy boshqarma va markazi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida tushuntirishlar o‘tkazish hamda seminar va davra suhbatlari tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlarning e’tiborli jihati shundan iboratki korxona bilan seminar, davra suhbati jarayonida soha bo‘yicha muammoli masala aniqlansa ular yechimi bo‘yicha korxonaga borgan holda joyida amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Tushuntirishlar o‘tkazish jarayonida eksportyorlar “O’zstandart” agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ruxsat etuvchi hujjatlardan tashqari mahsulotlarni qadoqlash, yorliqlash va transportirovka qilish borasida, shuningdek “Halol”, Organic, GLOBALG.A.P xalqaro standartlari yuzasidan ham ko‘plab fikr-mulohazalar bildirilmoqda, yuzaga kelgan savollarga agentlik mutaxassislari tomonidan javoblar berilmoqda.

Bugungi kunda bu kabi ishlar nafaqat Samarqand viloyatida balki respublikamizning barcha viloyatlarida ham tashkil etilmoqda.

Axborot xizmati