Axborot ma’lumot markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya kilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, kelgusida bekor qilinishi rejalashtirilgan va ma’nan eskirgan, bozor mexanizmlarini o‘rnini egallab olgan standartlarni xatlovi o‘tkazilib, “O‘zstandart” agentligi tomonidan vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarga xatlov natijalari yuborilib, 556 ta standartlar, vazirlik va tashkilotlardan yig‘ilgan takliflar asosida bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 21498 ta standartlarining elektron versiyalari “O‘zstandart” agentligi veb-saytiga joylashtirildi:
O‘zbekiston Davlat standartlari (O’z Dst) 1271 ta;
Davlatlararo standartlar (GOST) 20131 ta va boshqalar;
O‘zbekiston Davlat standartlari (O’z Dst) ko‘rsatkichlari (kataloglari).
Davlat fondi joriy etilgan 594 ta (16,4%) xalqaro ISO standartlari bilan to‘ldirildi. Jami 3155 GOST ISOlarni tashkil etadi.
Joriy yilda xo‘jalik sub’ektlari va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga tegishli bo‘lgan standartlarni xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida 594 ta standartlar ishlab chiqilib joriy etildi.
Albatta bunday yaratilgan imkoniyatlar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning faoliyatlariga keng imkoniyatlar yaratadi.

Axborot xizmati