«O’zstandart» agentligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko‘pgina imkoniyatlarga qo‘l urilmoqda.

Shu kungacha yurtimizning vodiy viloyatlarida tibbiyot tizimida foydalanib kelinayotgan UZI apparatlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazadigan uskuna sotib olinmagan edi. Buning natijasida  sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari uzoq yo‘l bosib o‘z uskunalarini poytaxtimizga olib kelib qiyoslashdan o‘tkazishga majbur bo‘layotgan edilar.

“O’zstandart” agentligi rahbariyatining tashabbusi bilan yuqoridagi muammoga yechim topiladigan bo‘ldi. Yaqinda Qo‘qon Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi “O’lchash vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi” bo‘limiga tibbiyot sohasidagi UZI apparatlarini tekshirishdan o‘tkazadigan uskunasi xarid qilindi.

Endilikda mazkur namunaviy qiyoslash uskunasi yordamida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 1100 dan ortiq tibbiyot sohasida qo‘llanilayotgan ultratovushli diagnostik (UZI) apparatlari qiyoslanadigan bo‘ldi.

Hozirda  esa akkreditatsiya sohasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilmoqda.

Axborot xizmati