O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Joriy yil 11 noyabrdan 16 noyabrgacha Fransiyaning Versal shahrida O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasining (O’TKB) 26-chi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston joriy yil 13 iyulda assotsiatsiyalangan a’zo maqomini oldi. Assotsiatsiyalangan davlatlarning delegatsiyalari yig‘ilishlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. O’TKB 4 yilda bir marta chaqiriladi.

Tadbirning asosiy maqsadi – xalqaro o‘lchamlar tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish. Konferensiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi nomidan “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.Sattarov va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori A.Daminov ishtirok etmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi PQ-3663-sonli Qarorini bajarish maqsadida “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.Sattarov tomonidan Milliy o‘lchash etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining o‘zaro e’tirof etilishi to‘g‘risida kelishuv imzolanadi.

Bundan tashqari tadbir davomida bir qator masalalarning muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

  • “Xalqaro o‘lchamlar tizimini (SI) ta’minlash va takomillashtirish bo‘yicha” masalalar;
  • yangi fundamental metrologik ta’riflarning, metrologiya sohasidagi xalqaro ilmiy rezolutsiyalarning natijalarini ko‘rib chiqish;
  • xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi ishini tashkil qilish, maqsadlari, rivojlanishi va  dotatsiyalariga doir muhim masalalar;
  • xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining metrologiya laboratoriyalari bilan tanishish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish.