“O‘zstandart” agentligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Deputatlari bilan hamkorlikda “Mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlashda metrologiyaning roli” mavzusida seminar tashkil qildi.

Mahalliy mahsulotlarning sifati va xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini ta’minlashning omillaridan biri, xalqaro darajada metrologik kuzatuvchanlikni ta’minlash asosida mamlakatimizda bajarilayotgan sinovlar va o‘lchashlarning xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, ularni xalqaro darajada tan olinishga erishishdir.

Bugungi kunda “O‘zstandart” agentligi oldida turgan muhim yo‘nalishlardan biri bu – respublikamizda o‘lchashlar kuzatuvchanligini ta’minlash, ya’ni sodda qilib aytilganda, laboratoriyalarimizda o‘tkazilgan sinovlar va o‘lchashlar natijalarini xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash vazifasidir.

O‘zbekistonda bajarilgan o‘lchash va sinash natijalariga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda «O‘zstandart» agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samarasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini bajarish maqsadida qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2018 yilning 13 iyulida O‘zbekistonning O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasiga (CGPM) assotsiatsiyalangan a’zoligi olindi va joriy yilning 12 noyabrda Milliy etalonlar, kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida Kelishuv (SIPM MRA)O‘zbekiston Respublikasi nomidan “O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan imzolandi.

Xalqaro darajada o‘lchashlar kuzatuvchanligini ta’minlash va uni doimiy qo‘llab quvvatlash uchun respublikadagi milliy etalonlar bazasini doimiy ravishda kengaytirib borishni talab etiladi. Shu maqsada 2018-2021 yillarda qo‘shimcha yana 15 dona etalonlar xarid qilish belgilangan.

Bu o‘z navbatida yiliga 2000 dan oritiq xozirda xorijda metrologik tekshiruvdan o‘tkazilib kelinayotgan namunaviy o‘lchash vositalarini respublikamizda metrologik tekshiruvini yo‘lga qo‘yish zaminida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning yiliga 3,5 mlyard so‘mdan ortiq mablag‘larini iqtisod qilish imkoniyatini yaratishi bilan ahamitlidir.

Yuqorida amalga oshirilgan ishlarning davomi sifatida, O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi.

Axborot xizmati