“O‘zstandart” agentligi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat mukofotining 7 chi tanlovida ishtirok etish uchun taklif etadi.

Ushbu tanlov MDH mamlakatlarida 2007 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, ularning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek MDH ishlab chiqaruvchilarining Hamdo‘stlik mamlakatlari hamda jahon bozorida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishdan iborat.

MDHga a’zo davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan har qanday yuridik shakldagi ishlab chiqaruvchi yoki hizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin (qurol-yaroq va harbiy texnika bundan mustasno).

1. Xodimlarning soni:

  • 250 tagacha xodimlarga ega tashkilotlar,
  • 251 dan 3000 tagacha xodimlarga ega tashkilotlar;
  • 3000 dan ortiq xodimlarga ega tashkilotlar;

2. Faoliya turlari bo‘yicha:

  • sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar,
  • iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar,
  • oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar,
  • xizmat ko‘rsatuvchilar.

Tanlovda ishtirok etuvchilar kamida 2 yil davomida yuqori darajada xizmat ko‘rsatish yoki sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishlar bilan shug‘ullangan bo‘lishlari, hamda kamida 2 ta MDHga a’zo davlatlarga mahsulot yoki xizmatlarini eksport qilgan bo‘lishlari lozim.

Mukofot har bir nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilar orasidan eng yaxshi tashkilotlarni tanlab olish yo‘li bilan tanlov asosida amalga oshiriladi va joylarda ekspertizadan o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumotni olishni istaganlar uchun «O‘zstandart» agentligiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Ma’sul hodim: «O‘zstandart» agentligining Huquqiy ekspertiza va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Allayev Batir. Tel: (99871) 202-00-11 (qo‘shimcha 1049), mob: (+99890) 930-87-92

Axborot xizmati