Respublikamizda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi dasturga asosan, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va amalga joriy etish natijasida ishlab chiqarilayotgan va olib kirilayotgan mahsulotlarga tegishli bo‘lgan xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yagona hujjatga jamlash va ushbu talablar bajarilishi natijasida aholiga kafolatlangan xavfsiz mahsulot yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Aholining sifatsiz mahsulotlar iste’moli natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari va turli xil og‘ir kasalliklarning oldi olinadi. Dastur bilan 42 turdagi mahsulotlar va xizmatlar uchun texnik reglamentlar ishlab chiqiladi (oziq-ovqat mahsuloti, o‘yinchoqlar, mebel, lok-bo‘yoq, maishiy kimyo, parfyumeriya, kimyoviy himoya vositalari, shinalar va boshqalar).

 

Axborot xizmati