Xorazm viloyati tumanlarida mavjud eksportyor korxonalar, fermer xo‘jaliklar, meva-sabzavot yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar uchun “GLOBAL GAP” xalqaro standartining mohiyati va dolzarbligini tushuntirish bo‘yicha Xorazm SSM DK tomonidan seminarlar o‘tkazilmoqda.      

Navbatdagi seminar Xonqa va Urganch tumanlari hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Anjumanda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida hukumatimiz tomonidan fermer va tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, qishloq xo‘jalik sohasidagi islohotlar, shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarishda, uni eksport qilishda yuzaga keladigan muammo va ularni yechimi hamda yangi loyihalar xaqida fikr almashinildi.

Shuningdek, tadbir davomida “GLOBALG.A.P” standarti afzalliklari, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro biznesni rivojlantirishda ushbu standart muhim ahamiyat kasb etishiga alohida urg‘u qaratildi.