“O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video orqali aniqlashning avtomatlashtirilgan tizimi” investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida “O‘zstandart” agentligi Germaniyaning ATLAS International AG va JENOPTIK Robot GmbH kompaniyalari bilan manfaatli kelishuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda foto-video fiksatsiya qilish tizimlarining texnika va uskunalarini standart talablariga muvofiqligini tekshiruvdan o‘tkazish laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha shartnoma loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PQ-3989-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida 2019 yil 14 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va ATLAS International AG kompaniyasi o‘rtasida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Manba: "O‘zstandart" agentligi matbuot xizmati