“Yetakchi Ekspertlar xizmati” (SES) xalqaro tashkiloti vakili Fredrix Notdurft “Global G.A.P” xalqaro standarti talablarini joriy etish yuzasidan Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Tashrif davomida mas’ul Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda Buxoro shahri va tumanlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, ya’ni “Buxaro grand agro”, “Jamshid javohir”, “Eltek eksklyuziv”, “Sarbon asl savdo”, “Jondor qurilish invest”, “Agro treyd” va “O‘ktam Bo‘ston Saxovati” kabi bir qator fermer xo‘jaliklariga borib Xalqaro “Global G.A.P” standarti to‘g‘risida tavsiyalar, ko‘rsatmalar va tegishli ma’lumotlarni berdilar.

 

Mazkur «Global gap» sertifikatini qo‘lga kiritgan fermer xo‘jaliklari uchun yaratiladigan imkoniyatlari hamda bugungi kunda ushbu sertifikat jahonning 124 dan ortiq davlatlarida joriy etilib kelinayotgan bo‘lib, sertifikatga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklari soni 180,0 mingdan ortiq ekanligini bildirdi.

Fermer xo‘jaliklarini qiziqtirgan savollariga shu yerning o‘zida tushuntirishlar berildi va har bir tumanda kamida 5-10 ta fermerlarning ushbu tizimni o‘zlarida joriy etishlari hamda qiyinchiliklarsiz Osiyo va Yevropa bozorlariga chiqa olish imkoniyatlari haqida misollar keltirildi.