Prezidentimizning maktab kutubxonalariga kitoblar sovg’a qilish tashabbusi davlat idoralari hamda keng jamoatchilik tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlanmoqda.

Ushbu hayrli tashabbusni mantiqiy davomi sifatida Qashqadaryo sinov va sertifikatlishtirish markazi direktori U.Аmirqulov Qarshi shahridagi 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi kutubxonasiga 100ga yaqin o’quv adabiyotlari to’plamini sovg’a qildi.

Mazkur kitoblar to’plamidan o’zbek milliy va jahon adabiyoti mashhur adiblarining asarlari, she'rlari to’plamlari, bolalar entsiklopediyalari, o’zbek xalq ertaklari, o’quv qo’llanmalar, shuningdek Prezidentimizning asarlari ham o’rin olgan.

Uchrashuvda maktab rahbiriyati bilan kelgusida do’stona hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.