“O’zstandart” agentligi hamda Аmerika Qo’shma Shtatlarining xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Global G.A.P. standarti bo’yicha intensiv o’quv kursi tashkil etildi.

 

Bugun poytaxtimizning “Miran International Hotel” mehmonxonasida o’z ishini boshlagan mazkur o’quv seminarda Global G.A.P. ning rasmiy murabbiyi Kliment Petrov o’z tajribalarini ishtirokchilarga o’rgatmoqda.

 

Xalqaro ekspert o’z ma'ruzasida Global G.A.P. sertifikati muayyan mahsulotning barcha tavsiya va talablarga qat’iy rioya qilish bilan ta’minlanganligi, meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishda, chorvachilik va baliqchilik xo’jaliklarida qo’llanilishi shuningdek, uning afzalliklari haqida ma'lumot bermoqda.

 

Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Global G.A.P. tashkilotiga a'zo bo’lib, ushbu yo’nalishda mutaxasislar malakasini oshirish maqsadida “O’zstanadrt” agentligi xalqaro tashkilotlar hamkorligida semenarlar va o’quv-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.