Departamentning Tadbirkorlik sub’ektlariga yordam ko‘rsatish bo‘limi mutaxassislari Toshkent shahrida joylashgan “SKS PLAST” plastmasa mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi.

Korxona rahbariyatiga Prezidentimizning4059-sonli qarori 3-bandi va Vazirlar Mahkamasining 348-sonli qarori bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Korxonada 9001 xalqaro standartlarini joriy etishga tavsiyalar berildi.

Shuningdek departament mutaxassislari “Tano” fermer xo‘jaligi, “Navroz international Groop”, “Melek Best Milk Agro” korxonalarida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.

Korxonalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan suxbat jarayonida sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda chetdan keltirilayotgan xom ashyolarni sertifikatlashtirish jarayonida sinovlar uzoq muddatda o‘tkazilishi, ularni bojxona omborlaridan xujjatlashtirib olib chiqish ham ko‘p vaqtga cho‘zilishi, “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi” umumiy texnik reglamentiga kiritilgan sut mahsulotlari tarkibidagi antibiotik, melamin ko‘rsatkichlarini tekshirish bo‘yicha muammolar mavjudligi, yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lgan qaymoq mahsulotiga texnik reglamentda talablar ko‘rsatilmaganligi, iste’molchilar tomonidan xaridorgir bo‘lgan parhez tvorog reglamentga kiritilmaganligiga e’tirozlar bildirilayotganligi kabi muammoli masalari muhokama etildi.