Qarorning 1-bandiga asosan Xalqaro laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p miqdorda bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xom ashyo, material va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, bugungi kunga qadar 27 tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan olib kelingan, 96 turdagi mahsulotlar (qishloq xo‘jalik texnikasi, metal mahsulotlari va boshqalar.) majburiy muvofiqlik sertifikatlaridan ozod etildi.
Olib kiriladigan iste’mol mahsulotlarini majburiy sertifikatlash faqat Agentlik tizimidagi sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan, shu kunga qadar Respublika va hududiy sertifikatlashtirish idoralari tomonidan 390 dona muvofiqlik sertifikatlari berildi.
Shu jummladan, ushbu davrda 6 (olti) turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ya’ni (ko‘k choy, makaron mahsulotlari, muzlatilgan tovuq go‘shti) qariib 700,0 million so‘mlik mahsulotlar yorliqlanish va saqlanish bo‘yicha nomuvofiq deb topildi. 
Deklaratsiya yo‘li bilan sertifikatlashtirish agar arizachi korxonada sifat menejmenti tizimi joriy etilgan va akkreditlangan sinov laboratoriyasi bo‘lsa, yoki akkreditlangan sinov laboratoriya bilan shartnoma bo‘lgan holatda mahsulot muvofiqligi deklaratsiya yo‘li bilan tasdiqlanadi. Buning afzalligi korxona o‘z mahsuloti sifatini o‘zi kafolatlaydi.
Sinov (o‘lchov) laboratoriyalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan yuqoridagi qarorga muvofiq “O‘zstandart” agentligi tizimidagi laboratoriyalarni rivojlantirish, faoliyatni xalqaro talablarga muvofiqlashtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Xozirda, “O‘zstandart”agentligitizimida 55 ta sinov va qiyoslov laboratoriyalari faoliyat olib boradi.
Jumladan, tizimdagi laboratoriyalarni rivojlantirishga xorijiy moliya institutlari grand mablag‘larini o‘zlashtirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
O‘tgan yillar davomida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga Koreyaning KOICA dasturi orqali grand hisobiga zamonaviy 3 dona sinov uskunalari o‘zlashtirildi. Ushbu uskunalar yordamida oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish bo‘yicha Jahon bankidan 20,3 mln.dollar imtiyozli kredit olish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2018 yil 20 iyundagi PQ-3790-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan,“O‘zstandart” agentligi tizimidagi 9 ta hududiy markazlari qoshidagi sinov laboratoriyalari hamda 1 ta yangi zamonaviy xalqaro talablarga to‘la javob beradigan sinov laboratoriyasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Laboratoriyalarga 400 ga yaqin zamonaviy sinov uskunalari o‘rnatiladi.
Zamonaviy, energiyatejamkor uskunalar harid qilinishi evaziga laboratoriyalarda ekspress metodlar joriy etildi. Bu esa tadbirkorlarning mablag‘lari va vaqtlari tejalishiga hamda zamonaviy uskunalar yordamida olib boriladigan sinovlarning ishonchliligini ortishiga zamin yaratadi.
Mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish, eksport qilinayotgan davlatlarda sinov natijalarini tan olinishini ta’minlash maqsadida agentlik tomonidan sinov laboratoriyalarni halqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘tgan yillar davomida agentlik tizimidagi 8 ta sinov laboratoriyalar xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Andijon va Qoraqalpog‘iston markazlari qoshidagi laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borildi. Ushbu qaror bilan qo‘shimcha 9 ta laboratoriyalar xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Respublikamizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi hamda eksportyor korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dunyo bozorlariga eksport qilinishini, mahsulotlarni xalqaro standart talablar darajasida sinash va natijalarni xalqaro miqiyosida tan olinishiga erishish ta’minlanadi.
Shu bilan birga, ayni paytda zarur hisoblangan elektromagnit moslashuvchanlik bo‘yicha to‘la baholashni ta’minlaydigan sinov bazasini tashkil etish yuzasidan Chexiyaning “EXPORTA” kompaniyasi bilan hamkorlikda laboratoriya tashkil etish yuzasidan 3,5 mln.yevro qiymatdagi shartnoma imzolash arafasida, ushbu loyiha joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirildi. 
Shuningdek, “O‘zstandart” agentligi va Janubiy Koreyaning “SI RESOURCES CO LTD” kompaniyasi bilan avtotransport vositalari, shu jumladan gaz-ballon uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha laboratoriyalar tarmog‘ini yaratish yuzasidan qo‘shma korxona tuzish yuzasidan kelishuv imzolandi. Ushbu loyihaga asosan 60,0 mln.dollar hisobiga hududlarda 15 ta laboratoriyalar tashkil etilishi belgilandi.