O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida, xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari (ILAC, IAF) ga a’zo davlatlarning sertifikatlari taqdim etilganda, tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, nooziq-ovqat xom ashyo, materiallar va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan o‘lchash vositalariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda, uni ikki oy davomida o‘rnatilgan tartibda olish sharti bilan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga ruxsat etildi.