“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularga amaliy yordam berish ishlari olib borilmoqda.

Departament mutaxassislari tomonidan shu kunga qadar 263 ta korxonada o‘rganishlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar davomida 167 ta korxona 344 ta texnik reglament va standartlar bilan ta’minlandi.

Shu jumladan Jizzax viloyatida “Jizzax kenteks” MChJ, “Sangzor tekstil” MChJ O`zDSt 3312:2018 standarti, “Akkumulyator zavodi” AJ O’zDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti, Qashqadaryo viloyatida “Juvon nur” MChJ GOST 2933-93, GOST 2990-78 va GOST 871-78 standartlari bilan ta’minlandi.

32 ta korxonada normativ hujjatlar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, zamonaviylari yani xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan 273 ta hujjatlar yetkazib berildi.

Departament mutaxassislari shuningdek, xalqaro standartlar joriy etilgan 12 ta korxonada ham bo‘lishib, navbatdagi bosqich vazifalarining amalga oshirilishi bilan tanishishdi.

O‘rganishlar davomida 66 ta korxonada 135 turdagi o‘lchov vositalarining qiyoslov muddati o‘tganligi aniqlandi va 14 ta korxonaga 105 turdagi o‘lchov vositasini davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, profilaktika tadbirlari davomida o‘rganilgan korxonalarning rahbarlari va mutaxassislari sohaga oid qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan tanishtirildi.