“O‘zstandart” agentligi tizimidagi Departament mutaxassislari tomonidan o‘tgan davr mobaynida 283 ta korxonalarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Mutaxassislar tomonidan 161 ta korxonalar 360 ta texnik reglament va standartlar bilan ta’minlandi.

Misol uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan “Mangit grand media” MChJ GOST 1146-80, GOST 1147-80, Andijon viloyatida joylashgan “Nosirxon savdo fayz” MChJ UzTR.474-020:2017, GOST 10970 va GOST 4495 standartlari bilan ta’minlandi.

43 ta korxonada 229 ta me’yoriy xujjatlar aktuallashtirildi.

Misol uchun: Qashqadaryo viloyatida joylashgan Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlar va Andijon viloyatida joylashgan “Mini-teks” korxonasi me’yoriy hujjatlari aktuallashtirilib berildi.

17 ta korxonaga sertifikatlashtirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Misol uchun: Jizzax viloyatida joylashgan “Paxtakor mingchinor” MChJ 03.02.2020 yilda №2389081 sonli, “Golden star oil rm” MChJ 12.02.2020 yilda №2346380-sonli muvofiqlik sertifikatlarni olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Andijon viloyatida joylashgan “Nafis kosmetik” MChJ, “Malika mebel” MChJ, “Omad xamrox mezon” MChJ, “Do’st business” MChJ va “Mega innovation inshoat” MChJlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatini olish maqsadida “UzTest” Andijon viloyati bo‘limi sertifikatlashtirish idorasiga buyurtma berildi.

Korxonalar bilan tanishuv natijasida 29 ta korxonada 95 turdagi o‘lchov vositasini davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.