“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.


Buning natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat ko‘rsatgichlari yaxshilanib, jahon bozorlarida raqobatbardoshligi ta’minlanishiga erishilmoqda.
Buxoro viloyati Jondor tumanida o‘z faoliyatini boshlagan “Agro Trade” MChJ negizidagi Agrologistika kompleksiga xalqaro “Global G.A.P” sertifikati taqdim etildi.
Mazkur ishlab chiqarish korxonsi zamonaviy gidroponika issiqxonasi
48,6 gektar bo‘lib intensiv usulda jami 114,4 gektar bog‘ va tokzor barpo etish va mahsulotlarni qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashtirilgan.
Hozirgi kunda korxona o‘z mahsulotlarini Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘ygan.
Kelajakda Yevropa davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.