“Oʻzstandart” agentligi tomonidan tashkil etilgan media-turda Ommaviy axborot vositalari xodimlari “Dehqonobod anori” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishmoqdalar.

“Dehqonobod anori”da tabiiy anor sharbati tayyorlanadi. Quyoshli oʻlkamizda pishib yetilgan, vitaminlarga boy anorlarimizdan tayyorlanayotgan anor sharbatiga ichki va tashqi bozorlarda ehtiyoj ancha yuqori.