Respublika hududida sifatsiz mahsulotlarni realizatsiya qilinishining oldini olish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan bolalar tagliklari (pampers) mahsulotini sifati standart talabiga asosan oʻrganildi.

Akkreditlangan sinov laboratoriyasida oʻtkazilgan sinovlar natijasida Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan “Paddlers” mahsuloti amaldagi OʼzDst 3482:2020 standartining 5.9.2-talabi, yaʼni “teskari yutilish” koʻrsatkichi boʻyicha muvofiq emasligi aniqlandi.

“Paddlers” bolalar tagliklarini importini cheklash yuzasidan Bojxona qoʻmitasiga maʼlumot kiritildi.