Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qoraqalpogʻiston filialida 30-iyun-Oʻzbekiston yoshlari kuni munosabati bilan “Maʼnaviyat va maʼrifat” tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining bosh direktor maslahatchisi soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami bilan tabrikladi. “Yoshlar kuni” bayram tadbirlari “Oʻzbekiston yoshlari zamonaviy bilim va taraqqiyot choʻqqilarini egallab oʻz maʼnaviyati va tafakkuri bilan barchaga ibrat va namuna boʻlishi kerak” gʻoyasini oʻzida mujassam etilishi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarishi, hayot tarzi yangilanadi, deb alohida taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir mehmonlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maʼrifat targʻibotchilar jamiyati aʼzosi shoir Sharapatdin Ayapov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq yozuvchisi filologiya fanlari nomzodi Allanazar Abdiyev filial xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni bilan tabriklab, oʻz ijodlaridan parchalar keltirdi.