Joriy yil 27-avgust kuni Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼullari tomonidan Urganch davlat universiteti rahbariyati, professor va oʻqituvchilari bilan amaliy uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, oʻquv jarayonlari, iqtidorli talabalarga yaratilayotgan imtiyozlar, oliy oʻquv yurtlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari boʻyicha tanishildi.

Tadbir soʻngida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Urganch davlat universiteti oʻrtasida sanoat korxonalariga metrologiya yoʻnalishida malakali kadrlarni tayyorlash, sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish, shuningdek universitet negizida 2022-2025-yillarda “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yoʻnalishini (tarmoqlar boʻyicha) ochish hamda 5+1 tamoyili asosida talabalarning nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot bilan uygʻunlashtirish orqali kengaytirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.