Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida oʻtkazilayotgan IEC tashkiloti Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida sanoatlashgan davlatlar uchun forum boʻlib oʻtdi. Tadbirda  sanoatlashgan davlatlarda energiya samaradorligini oshirish, sanoat chiqindilarni kamaytirishda IEC standartlaridan oqilona foydalanish, BMTning barqaror rivojlanish dasturida faol ishtirol etish,  IEC standartlari orqali muvofiqlikni baholash tizimini doimiy takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Standart sohasidagi 86 ta davlat vakillari ishtirok etgan mazkur forumda Texnik jihatdan tartib solish agentligi vakillari ham ishtirok etdilar.