Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS)ning metrologiya boʻyicha Ilmiy-texnik komissiyasi Laboratoriyalararo solishtirish sinovlari boʻyicha ishchi guruhining (NTK-Metr MSI) 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu yigʻilishda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi doirasida 7 ta davlatning sohadagi 25 dan ortiq mutaxassislari qatnashishdi. Yigʻilish doirasida qatnashchi davlatlardagi Laboratoriyalararo solishtirish sinovlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Kelgusida davlatlararo laboratoriyalararo solishtirish sinovlarini oʻtkazishga kelishib olindi.