Qozogʻiston davlatidan bugʻdoyni toʻgʻridan-toʻgʻri import qilish orqali un mahsulotlari ishlab chiqarib, isteʼmolchilarga sifatli mahsulot yetkazib berib kelayotgan Xoʻjayli tumanidagi “United Kapital” xususiy korxonasi “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega. Hozirgi vaqtda ushbu korxona Turkiya davlatidan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat olib boradi.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlik qilib kelayotgan korxonada ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida muxbirlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.