Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan korxonalarga halqaro standartlarni joriy etilishi, SE markirovkasi, SMIIC, FSSC 22000 va xalqaro ISO sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Agentlik masʼullari tomonidan Toshkent shahridagi faoliyat koʻrsatayotgan xizmat koʻrsatuvchi idoralar va korxonalar mutaxassislari uchun, halqaro standartlarni joriy etilishi va sertifikatlashtirish mavzularida seminar tashkil etildi.

Ishtirokchilarga soha yoʻnalishidagi xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalkaro standartlar muhimligi yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga, eksportyor korxonalar faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.

2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi va Eksportga koʻmaklashish byurosi tomonidan 485 ta eksportyor korxonaga yordam koʻrsatildi.

Xalkaro hamkorlik boshqarmasi va

Eksportga koʻmaklashish byurosi