Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 2-noyabr kuni oʻtkazilgan video selektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali xodimlari tomonidan korxona hududi va boshqaruv binoning oldidan oʻtuvchi yoʻl boʻylari va mashinalar turargoxi atroflarida 75 dona mevali va 21 dona manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.