OʻzTTSA Bosh direktorining maʼnaviy-maʼrifiy va davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi masʼulligida Qashqadaryo filiallarida oʻrganishlar olib borildi.

Oʻrganishlarda xodimlar oʻrtasida davlat tilining qadr-qimmatini va nufuzini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarining, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil qilishga doir amaliy ishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.

Filiallar hududi, xonalar va bino atroflarini ozoda tutish, murojaatchilarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish ham maʼnaviyatning bir belgisi ekanligi taʼkidlandi.

Qashqadaryo viloyati filiallari birinchilardan boʻlib xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qilish, ularning ish oʻrinlarida boʻlishlari, korxonalarga chiqishlarini muntazam ravishda monitoring qilib borish maqsadida raqamlashtirish ishlarini tashkil qilgan boʻlib, dastur davlat tilida amalga oshiriladi. Shuningdek, filiallarning xodimlari uchun tashkil etilgan idoraviy kutubxona bilan bir qatorda bino kiraverish joyida murojaatlarchilar uchun alohida maʼnaviyat burchagi tashkil etilgan boʻlib, undan murojaatchilar zarur maʼlumotlarni olmoqdalar.