Joriy yilning 21-dekabr kuni “Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” 2021 standartlar hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikasining texnik jixatdan tartibga solish, standartlashtirish va akkreditatsiya idoralari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi texnik jixatdan tartibga solish, standartlashtirish
va akkreditatsiya sohasidagi munosabatlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorliklar yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi