Agentlik qoshidagi Departamentning Surxondaryo viloyati mutaxassislari Termiz tumanidagi parrandalar uchun vitaminlashtirilgan ozuqa yemi ishlab chiqaruvchi "Afrosiyob parranda" hamda Termiz shahridagi polietilen paketlar ishlab chiqaruvchi “Dionis Surxon” korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish va sohaga doir masalalarda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida profilaktika tadbirlari o'tkazidilar.

 Korxonalar ayni davrda ichki bozor hamda qo’shni davlatlarga sifatli ravishda oʻz mahsulotlarini yetkazib berib kelmoqda. Ana shu faoliyatni yanada kengaytirish, xalqaro standartlarni joriy etish va eksportga yoʻnaltirish masalarida filial mutaxassislari tomonidan soha xizmatlari taklif etilib, murojaat qilish shartlari bilan korxona masʼullari tanishtirib oʻtildi. Bundan tashqari profilatika tadbiri davomida korxonalar vakillariga O'zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risidagi", "Standartlashtirish to'g'risida", "Metrologiya to'g'risida" va "Maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida"gi Qonunlarida belgilangan talablar ijrosi bo'yicha tushunchalar va tavsiyalar berildi.