Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-maydagi PQ-4335-sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Yevropa Standartlashtirish Tashkilotlari (CEN, CENELEC) oʻrtasida litsenziya shartnomasi imzolandi.

Mazkur imzolangan xujjat  doirasida, Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN va CENELEC)dan 201ta  Yevropa standartlari olindi.

Ushbu Yevropa standartlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish
va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.

Yevropa standartlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Agentlik Halqaro hamkorlik boshqarmasi hamda Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutiga  murojaat qilishingiz mumkin.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik  boshqarmasi