Agentlikning Samarqand viloyati hududiy filiallari masullari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “SOF EXPO SAMARKAND” ko‘rgazma markazida tashkil etilgan “AGROPRO EXPO 2022” ko‘rgazmasida bo‘lib, ko‘rgazmada o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etayotgan korxonalar bilan muloqot qildi.

Ma'sullar tomonidan ko‘rgazma ishtirokchilariga mahsulotlarni sertifikatlashtirish, o‘lchov vositalarini metrologik qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish va sifat menejmenti tizimini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida batafsil ma'lumotlar berildi.