Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan toʻquv-trikotaj mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi “KOSON BAXT TEKSTIL” masʼuliyati cheklangan jamiyatida masʼul xodimlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Jamiyat tomonidan bugungi kunda toʻquv-trikotaj mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilib kelmoqda. Uchrashuvda jamiyat masʼullariga mahsulotlarning texnik koʻrsatgichlari va sifatini xalqaro darajaga olib chiqish, tashqi koʻrinishi boʻyicha dizayniga eʼtibor berish hamda OYEKO-TEX xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, jamiyat eksportni amalga oshirayotgan mamlakatlarda toʻquv-trikotaj mahsulotlariga qoʻyilgan talablar yetkazilib, soha yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.