Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston standartlar instituti, Davlat nazorati departamentining  Surxondaryo viloyati boʻlimi, “UzTest” va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, hududiy filiallari hamkorligida  Termiz shahrida halqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan seminar-treyning tashkil etildi.

 Mazkur seminar-treyningda  yirik va strategik investitsiya loyihalari boʻyicha ishga tushirilgan, mahalliylashtirish dasturi asosida faoliyat yuritayotgan va past quvvatda ishlayotgan korxona vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan  savollariga javob oldilar.